O‘zbekiston yangiliklari


O‘zbekiston Prezidenti Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida Yevropaning bir qator yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda “Suez” kompaniyasi raisi va bosh direktori Sabrina Sussan, “Arsenale Group” kompaniyasi bosh direktori Paolo Barletta,  “Airbus”  korporatsiyasining Yevropa bo‘yicha prezidenti Yoxan Pelise hamda “Linde” kompaniyasining Yevropa va Yaqin Sharq bo‘yicha prezidenti Oliver Pfann qatnashdi.

Davlatimiz rahbari ushbu uchrashuv Yevropa biznesining O‘zbekistondagi faoliyatni kengaytirishga qiziqishi tobora ortib borayotganidan dalolat ekanini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Investitsiyaviy va innovatsiyaviy sheriklik, suv ta’minoti, fuqarolik aviatsiyasi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, turizm va boshqa sohalarda aniq loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Yevropa kompaniyalari rahbarlari O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul hamda investorlarning samarali faoliyati uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar uchun minnatdorlik izhor etdi. Ustuvor tarmoqlardagi muhim loyiha va dasturlarni amalga oshirishda bundan buyon ham ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.

📅 06.05.2024

O‘zbekiston yangiliklari


O‘zbekiston Prezidenti BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari bilan zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti “Coca-Cola” kompaniyasining istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatladi
Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga
O‘zbekiston Prezidenti Xitoy bilan hamkorlik jadal rivojlanib borayotganidan mamnunligini bildirdi
O‘n beshta hududda IT-shaharcha tashkil etiladi
O‘zbekiston YEOI bilan kuzatuvchi davlat sifatida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi
Тошкентда қайтганларни реабилитация ва реинтеграция қилиш масалалари бўйича Марказий Осиёдаги минтақавий экспертлар кенгашининг биринчи йиғилиши бўлиб ўтади
19-maydan 23-iyungacha O‘zbekiston Respublikasining Namangan shahrida 63-Xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston sarmoyaviy muhitni tubdan yaxshilash yo‘lidan bormoqda
O‘zbekiston Prezidenti G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
O‘zbekiston Prezidenti Misr ishbilarmonlari bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston Prezidenti OPЕK Xalqaro jamg‘armasi rahbarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va YETTB rahbari sheriklikning yuksak darajasidan mamnunligini bildirdilar
O‘zbekiston Prezidenti Turkiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi
Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasining konstitutsiyaviy o‘ziga xosligi va ruhi
O'zbekiston qashshoqlikni qanday kamaytirmoqda va daromadlarni oshirmoqda
O‘zbekistonda ilm-fan va ta’lim taraqqiyotning dvigatelidir
“Boysun baxhori” ga markhamat
Jizzax viloyatning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan foto va video materiallar uhcun havolalar
Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining jasorati beqiyos
Yangilangan Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston qurilishiga siyosiy-huquqiy turtki bo‘ldi
Ўзбек халқининг Иккинчи жаҳон уруши давридаги жасорати беқиёс
Nukusda “Orolbo‘yining yaxshi niyat elchilari” yig‘ildi
2023-yil aprel oyida qabul qilingan yangilangan Konstitutsiya – Yangi O‘zbekistonda insonning daxlsiz huquq va erkinliklariga hurmat kafolati
O‘zbekiston va Qozog‘iston transport-logistika tandemi
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi rivojlanmoqda